Rossiya mahsulotlarida koronavirus aniqlandi

Xitoy bojxona idoralari Rossiyadan keltirilgan mahsulotlarning namunalari va ularning tashqi qadoqlarida koronavirusni topishdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Xitoy hukumati virusga test musbat chiqishi munosabati bilan Rossiya yuklarini tashiydigan ikki kemaning import deklaratsiyalarini qabul qilishni to‘rt haftaga to‘xtatib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, kemalar Xitoyga baliqchilik mahsulotlarini yetkazib berishi kerak edi.

Avvalroq Xitoyning Chanchun shahrida Rossiyadan import qilingan muzlatilgan dengiz mahsulotlari qadog‘ida koronavirus topilgani ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, mahalliy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi dastlabki test natijalarida infeksiya borligini tasdiqladi. Rasmiylar qadoqlar bilan aloqada bo‘lganlarning hammasini aniqlashdi. Ular shifokorlar nazoratiga olingan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring