Mayk Tayson va Evander Xolifild o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Ular ikki bora to‘qnash kelishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 53 yoshli Mayk Tayson va 57 yoshli Evander Xolifild o‘rtasida jangga oid xabarlar va afishalar paydo bo‘ldi. Avvalroq, ular ringga qaytishlarini e’lon qilgandilar.

Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur jang 11 iyul kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Реклама на Unews

Ular bunga qadar, ikki marta to‘qnash kelgandilar. Xolifild dastlab 1996 yilda texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Revansh jangida esa, qanday janjallar yuzaga kelganidan xabaringiz bor. Jang mobaynida Tayson Xolifildning qulog‘ini tishlab olgan va jang to‘xtatilgandi. Shundan so‘ng, Maykka mag‘lubiyat yozilib, diskvalifikatsiya qilinadi. Shuningdek, boks litsenziyasidan mahrum qilinadi va uch million dollarlik jarimaga tortiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring