Ukraina davlat tergov byurosi An-26 halokati sabablarining 4 ta versiyasini tekshirmoqda

Ukraina davlat tergov byurosi Xarkov viloyatidagi An-26 samolyoti qulashi sabablarining to‘rtta versiyasini tekshirmoqda. Bu haqda byuroning rasmiy Facebook sahifasida xabar berildi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Versiyalar orasida - samolyot tarkibiy qismlarining texnik nosozligi sababli halokat, ekipaj tomonidan o‘z vazifalarini noto‘g‘ri bajarishiparvozni boshqarish uchun mas’ul shaxslar tomonidan xizmat vazifalarini noto‘g‘ri bajarishi, samolyotga texnik xizmat ko‘rsatish va uning parvozga tayyorgarligi sababli falokatlari mavjud. 

Byuro voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirdi, guvohlarni so‘roq qildi, zarur sud ekspertizalarini tayinladi.

Реклама на Unews

25 sentyabr kuni kechqurun Xarkov yaqinidagi Chuguyev hududida qo‘nish paytida o‘quv parvozi paytida An-26 samolyoti qulab tushdi. Bortda 27 kishi bo‘lgan, ular orasida ekipaj a’zolaridan tashqari Kojedub nomidagi Xarkov havo kuchlari universiteti kursantlari ham bor edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi halok bo‘ldi. Ikki kursant samolyotdan sakrab qochib qutulgan, ammo tanasining 90% kuygan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kasalxonadagi bemorlardan biri ham halok bo‘lgan.

Mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy hozir Xarkovda. U voqea joyi bilan tanishgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring