Turkmaniston poytaxtida non olish uchun uzun navbatlar yuzaga kelmoqda (video)

Turkmanistonda davlat do‘konlari oldida nonga navbatlar paydo bo‘lishi mamlakatning turli hududlarida emas, balki poytaxt Ashxobodda ham odatiy holga aylanib qolyapti, deb xabar beradi «Xronika Turkmenistana», yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Paraxat-7 mikrorayonida joylashga va «Ahal gallaönümleri» korxonasiga tegishli davlat do‘konida kishi boshiga ikki donadan non 1 manat (2800 so‘m) evaziga sotilmoqda. Ko‘p bolali oilalar uchun bu yetmaydi, shu sababli kun davomida bir oilaning ikki-uch nafar a’zosi navbatda turmoqda.

Ashxobodliklar non o‘lchami kundan kunga kichrayayotgani, narxi esa o‘zgarmayotganidan shikoyat qila boshlagan.

Реклама на Unews

Turkmanistondagi xususiy do‘konlarda non doim bo‘ladi. Biroq u davlat do‘koniga qaraganda uch baravar qimmatroq sotiladi.

Koronavirusga qaramay Belarus harbiy parad o‘tkazdi (video)

Реклама на Unews

Mirziyoyev faxriylarni bayram bilan tabrikladi (FOTOGALEREYa)

Prezident G‘alaba bog‘idagi Shon-sharaf muzeyini ko‘zdan kechirdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring