Shomurodov "Roma" bilan Isroildagi o`yinda nega qatnashmayapti?
1450 29-07-2022 0 IqtisodEldor Shomurodovning "Roma" bilan Isroildagi o`yinga bormagani, uning tez orada yangi jamoaga o`tishi bilan bog`liq. Bu haqda futbolchining agenti Qahhor Mo`minov "Match TV"ga aytgan.
"Bunday qarorga Rim klubi bilan kelishilgan holda kelindi. Bu Eldor Shomurodovning tez orada jamoasini o`zgartirishi bilan bog`liq. Ijara asosida bo`ladimi yoki to`laqonli transfermi, hozircha noma`lum", - deydi Mo`minov «Match TV» saytiga.
Avvalroq, "Roma" rasmiy sayti uch nafar o`yinchi – Eldor Shomurodov, Karles Peres va yarimhimoyachi Jordan Veretu Isroildagi yig`inga olib borilmagani haqida ma`lum qilgandi.
Реклама на Unews
Italiya nashrlari xabariga ko`ra, O`zbekiston milliy jamoasining 27 yoshli hujumchisiga A Seriya jamoalari "Sampdoriya", "Monsa" va "Torino"dan qiziqish mavjud. Bungacha A Seriya debyutanti «Lechche» ham Eldorni o`z safiga qo`shib olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.