“Neftchi”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
2461 03-01-2021 0 SportIlhom Mo‘minjonov Farg‘ona viloyatining “Neftchi” klubiga yangi bosh murrabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida xabar berildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
Bugun, 2 yanvar kuni Farg‘ona viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov ishtirokidagi tadbirda Ilhom Mo‘minjonov rasman tanishtirilgan.
Ilhom Mo‘minjonovga Pro liga bahslarida ijobiy natijalar qayd etib, Superligaga yo‘llanma olish va "Neftchi" jamoasini avvalgi mavqega olib chiqish vazifasi topshirilgan. Murabbiy bilan 4 yillik shartnoma imzolangan.
Реклама на Unews
Aytish kerakki, “Neftchi” Superligaga o‘tish o‘yinida “Andijon”ga mag‘lub (1:3) bo‘ldi va Oliy ligadan quruq qoldi. Avvalroq esa katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Pro liganing eng muhim o‘yinida Farg‘ona viloyatining boshqa bir jamoasi, Yaypanning "Turon" klubiga yutqazib, 1-o‘rinni qo‘ldan boy bergan edi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.