Erkaklar uchun xavfli bo`lgan yangi kasallik aniqlandi!

Olimlar o`limga olib keluvchi yangi kasallikni aniqladi va uni VEXAS deb nomaladi. Xalqaro tadqiqotchilar guruhi o`z izlanishlari natjasini “The New England Journal of Medicine”da e`lon qildi.

Mutaxassislar ma`lumotiga ko`ra, ular aniqlagan patologiya irsiyatning mutasiyasiga sabab bo`ladi va inson organizmida tromblar xxosil qiladi. Shu bilan birga 40 foiz holatda kasallik o`lim bilan yakunlanadi.

Ta`kidlanishicha, ushbu kasallik shifokorlar ilgari bir-biri bilan bog`lab ko`rmagan qator yallig`lanish sindromlarini birlashtiradi. Shunday qilib, VEXAS bemorlarida o`pka to`qimalari yallig`lanadi.

Реклама на Unews

Olimlar ushbu kasallikka chalinganlarning UBA1 genlarida somatik mutasiyalarni aniqlashgan. Bunday sindromga uchragan bemorlarga birorta davolash usuli ta`sir ko`rsatmaydi.

Ayni vaqtda shunday kasallikka chalingan 50 nafar bemor bor. Biroq olimlarning fikricha, bemorlarning haqiqiy soni anchayin ko`p bo`lishi mumkin.

Eng asosiysi bu kasallik faqat erkaklarda uchraydi deb hisoblanyapti. Bunga mutasiyalarning X-xromosoma bilan bog`langanini aytishmoqda. Qayd etilishicha, erkaklarda bu xromosomalar bitta, ayollarda esa ikkita bo`ladi. Olimlarning fikricha, ayollardagi ikkinchi X-xromosoma ayollarni bu mutasiyalardan qandaydir tarzda himoyalaydi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


2 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 02-11-2020 Navruz

    Bu kasallikni oldini olish un nima qilish kerak

    Javob yozish
  2. 02-11-2020 Eldor

    Bu kasalikga chalinmaslig uchun nima qilish kerak?

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish