Koronavirus: Rossiya chempionati o‘yinlari qoldirilmaydi

Yangi mavsumdan boshlab, Rossiya Premyer-Ligasi klublari futbolchilarida koronavirus aniqlansa, o‘yinlar qoldirilmaydigan bo‘ldi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bu haqda musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha direktor Yevgeniy Savin gapirib berdi.

«Bu masalani klublar va RFI bilan muhokama qildik. Mavsum tugadi, ammo koronavirus yo‘qolmadi. Biroq, ko‘pchilik klublar o‘yinlarning qoldirilishiga qarshi ovoz berishdi.

Реклама на Unews

Agar bunday holatlarda klublar maydonga tusholmasa, ularga texnik mag‘lubiyat yoziladi. Ammo 2ta texnik mag‘lubiyat uchun hech kim musobaqadan chetlatilmaydi. Bu hamma uchun yagona bo‘lgan qoida», – deb Savin so‘zlarini keltirmoqda Sport24.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring