Ilon Mask dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask fransuz kompaniyalar guruhi LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) bosh direktori Bernar Arnoni ortda qoldirib dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Agentlik xabariga ko‘ra, dushanba kuni Tesla aksiyalari 11% ga qimmatladi, Maskning boyligi esa $7,8 mlrdga ko‘paydi. Hozirgi paytda Bloomberg tadbirkorning boyligini $84,8 mlrd. deb baholamoqda. Beshinchi o‘rinni $84,6 mlrd. bilan Bernar Arno, oltinchini esa $78,8 mlrd. puli bor Hindistonning Reliance Industries egasi Mukesh Ambani egallagan.

49 yoshli Mask Amerikada va butun dunyoda 3 ta odamdan ko‘ra kambag‘alroq. Bular Facebook Mark Sukerberg ($99 mlrd), Microsoft hammuassisi Bill Geyts ($121 mlrd) hamda ketma-ket uch yildan beri Yer sharining eng boy odami, Amazon korporatsiyasi rahbari Djeff Bezos ($188 mlrd).

Реклама на Unews

Tesla kompaniyasi 2003 yilda Mask tomonidan asos solingan. Boshida u Tesla Motors deb atalar edi, keyinchalik faqat Tesla qoldi. Avvaliga kompaniya faqat elektromobtllar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi, keyinroq esa quyosh batareykalari va boshqa energiya to‘plovchi tizimlar ham ishlab chiqaradi. Hozirda Tesla butun avtomobil ishlab chiqarish sanoatidagi eng qimmat kompaniya sanaladi. U Amerika, nemis va yapon avtoshirkatlarini kapitalizatsiyasi bo‘yicha ortda qoldirgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring