Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi. U koronavirusga chalingandi
4596 03-07-2020 0 SportUFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi. Bu haqida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanalida xabar berdi, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.
Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan koma holatidan o‘ziga kelmadi va 57 yoshida dunyodan ko‘z yumdi.
“Qayg‘uli xabar mengacha yetib keldi. Abdulmanap Nurmagomedov bu dunyodan ko‘z yumdi.
Реклама на Unews
Butun chechen xalqi nomidan Abdulmanap Magomedovich oilasiga hamdardlik bildiraman”, — deya yozadi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Abdulmanap Nurmagomedovga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgandi, murabbiy koronavirusga tahlil topshirishdan bosh tortgan. Keyinroq uning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi. May oyida uning holati yomonlashgan va murabbiy Moskvaga olib kelingan. 13-mayda mutaxassis koma holatiga tushib qolgani xabar qilindi, Oradan ma’lum muddat o‘tgach, Habib otasining hali ham o‘ziga kelmaganligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Abdulmanap Nurmagomedov 1962-yil 10-dekabrda Dog‘istonda tug‘ilgan. Dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy. Jangovar sambo bo‘yicha Dog‘iston terma jamoasi katta murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.