Dunyo xavotirda! Koronavirus pandemiyasi 2021 yilda boshqa bir kasallik avj olishiga olib kelishi mumkin!

Bolalarda qizamiq tarqalishining avj olishi koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda Melburndagi Merdok bolalar ilmiy-tadqiqot instituti, JSST va Efiopiya olimlari o‘tkazgan tadqiqot xulosasida aytilmoqda.

Olimlarning fikricha, koronavirus tarqalishi ko‘plab mamlakatlarda boshqa kasalliklarga qarshi emlash jarayonini izdan chiqargan. Ko‘plab mamlakatlar emlash kampaniyasini boshlaganiga qaramasdan, oktyabr oxirida 26 mamlakatdagi 94 mln bola qizamiqqa qarshi rejalashtirilgan emlashdan mahrum bo‘lgan.

Tadqiqot mualliflari yaqin oylar ichida qashshoq mamlakatlarda qizamiqqa qarshi emlanmagan bolalar soni ko‘payishi mumkinligidan tashvish bildirgan. To‘yib ovqatlanmaslik va A vitamini yetishmovchiligi natijasida vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

Реклама на Unews

«Bularning barchasi 2021 yilda qizamiq tarqalishiga sharoit yaratadi va qizamiqdan o‘lim holatlari oshishiga olib keladi», — deyiladi olimlar hisobotida.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring