Bu sodir bo'ldi! Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida Uorren Baffettni ortda qoldirdi!

SpaceX va Tesla bosh direktori hamda asoschisi Ilon Mask milliarderlar reytingida 70,5 milliard dollar bilan Uorren Baffettni ortda qoldirib, yettinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Bloomberg.

Bunga 10 iyul kuni Tesla aksiyalari 11 foizga oshigani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Aksiya qimmatlashishi natijasida Maskning umumiy boyligi 6,1 milliard dollarga o‘sgan.

Berkshire Hathaway direktorlar kengashi raisi Uorren Baffettning boyligi esa 69,2 milliard dollarga baholanmoqda. Shuningdek, Mask reytingda Oracle kompaniyasi hammuassisi Larri Ellison va Google asoschilaridan biri Sergey Brinni ortda qoldirgan.

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, Ilon Mask Tesla aksiyalarining beshdan bir qismiga egalik qiladi, bu uning boyligining asosiy qismini tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Tesla aksiyalari 2020 yilda 269 foizga o‘sdi. 10 iyul kuni birjada avtomobil ishlab chiqaruvchisining bitta aksiyasi bahosi 1554,65 dollarni tashkil qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring