Bahordagi surunkali charchoq sindromi qandli diabet alomatimi?

Bahor kelib, kunlar isiy boshlashi bilan ko`pchilikda vitamin etishmasligi kuzatiladi. Bu esa tanada holsizlik va kuchli charchoq alomatlari bilan namoyon bo`ladi.

 

 

Реклама на Unews

 — Darhaqiqat, bunday belgilar erta bahor fasliga xos bo`lib, aksariyat insonlarni bezovta qiladi, — deydi tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova.

 

 — Biroq ushbu holatni faqat “ilik uzildi” mavsumi bilangina bog`lash to`g`ri emas. Sababi umumiy holsizlik bir qator infeksion va noinfeksion kasalliklarning ilk belgisi bo`lishi mumkin. Yuqumsiz endokrin (qandli diabetning ikkinchi turi) va xavfli o`sma xastaliklari, revmatizm, revmatoid artrit, kamqonlik, yurak qon-tomir kasalliklari shular jumlasidan.

Реклама на Unews

 

Bemor hayotiga xavf soladigan qandli diabetning ikkinchi turi (qondagi qand miqdorining oshib ketishi) ko`pincha 40 va undan katta yoshdagi kishilarda uchraydi. Bunga nasliy moyillik yoki noto`g`ri ovqatlanish, semizlik, kamharakatlik, asabiy zo`riqish kabilar sabab bo`ladi.

U yashirin kechadi, lekin bosh miya, ko`z tubi, yurak, buyrak, hamma yirik va mayda arterial qon-tomirlar shikastlanib boradi. Bu patologik jarayon yurak qon-tomir va buyrak etishmovchiligiga olib keladi.

Surunkali B va C virusli gepatitlar (jigar kasalliklari) esa yuqumli bo`lib, in`eksiya orqali, qon quyishdan, homilador onadan bolaga yuqishi mumkin. Xastalik yashirin kechgani bilan bemorda kundan-kunga umumiy holsizlik kuchayib boradi.

“Agar sizni surunkali charchash sindromi bezovta qilsa, darhol shifokorga murojaat qiling. Tibbiy ko`rik jarayonida mutaxassis holsizlik sabablarini aniqlashda yordam beradi”, - deydi mutaxassis.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring