O`qituvchilarida COVID-19 aniqlangan bois Toshkentdagi ayrim maktablar faoliyati to`xtatildi
3602 16-09-2020 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Maktabni ochish yoki yopish to`g`risidagi qaror o`qituvchi va o`quvchilarning xavfsizligini ko`zlab qabul qilinadi, deb yozmoqda xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati.
Xabaringiz bor, bugungi kunda barcha hududlarda maktab o`qituvchilarining COVID-19 infeksiyasiga test topshirish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Test topshirish jarayonida afsuski natijalar musbat chiqayotgan holatlar ham bor. Quvonarli tomoni aksariyat o`qituvchilarda kasallik alomatlarsiz engil holda kechayotgani sababli, ularning ayrimlari o`zlari ham virusni boshidan kechirayotganidan bexabar bo`lgan.
Реклама на Unews
Kuni kecha Shayxontohur tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik Markazining ma`lumotiga asosan COVID-19 infeksiyasi aniqlangan o`qituvchilar faoliyat yuritayotgan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 40- va 262-sonli maktablar faoliyati ehtiyotkorlik hamda xavfsizlik maqsadida Mahalliy kengash qarori bilan vaqtincha to`xtatildi.
Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti mazkur virus 2 yilgacha chekinmasligini prognoz qilgan. Bugun har birimiz ushbu virus bilan yashashga, hech qanday havotirga tushmasdan hayot tarzimizni davom ettirishga o`rganishimiz lozim.
Mahalliy kengash deputatlari tomonidan qabul qilingan maktablarni yopish yohud ochish to`g`risidagi qarorlar u yoki bu maktab jamoasi va maktab o`quvchilari, ya`ni bolajonlarimizning salomatligini o`ylab amalga oshiriladi. Shu bois o`qituvchilarimizdan ham ota-onalardan ham bunday holatlarda ortiqcha havotirga tushmaslik sanitariya-gigena qoidalariga rioya qilgan holda odatiy hayot tarzini davom ettirishlarini so`rab qolamiz.
Реклама на Unews
Bunday holatlarda ota-onalardan talab qilinadigan asosiy narsa masofadan yaratib berilayotgan ta`lim imkoniyatlaridan foydalanib, farzandlari bilim olishini nazorat qilishdan iborat. Bu masalaga jiddiy yondoshishingizni iltimos qilamiz.
Karantinga olingan maktablar dezinfeksiya ishlari amalga oshirilganidan so`ng Mahalliy kengash deputatlari qarori bilan yana o`z faoliyatini tiklaydi.
Shu bilan birga bugungi kunda barcha hududlarda ochilmagan maktablar faoliyatini tiklash bo`yicha ham ishlar ketmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
topshirig`i bilan maktablarni ochilishi hamda yopilishi to`g`risidagi qarorni qabul qilish vakolati faqatgina Mahalliy kengash deputatlariga topshirilgan.
16 sentyabr holatiga respublikada 2 550 ta (25%) maktab o`z faoliyatini an`anaviy shaklda amalga oshirmoqda.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.