O`qituvchilarida COVID-19 aniqlangan bois Toshkentdagi ayrim maktablar faoliyati to`xtatildi

Maktabni ochish yoki yopish to`g`risidagi qaror o`qituvchi va o`quvchilarning xavfsizligini ko`zlab qabul qilinadi, deb yozmoqda xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati.

Xabaringiz bor, bugungi kunda barcha hududlarda maktab o`qituvchilarining COVID-19 infeksiyasiga test topshirish jarayoni amalga oshirilmoqda.  

Test topshirish jarayonida afsuski natijalar musbat chiqayotgan holatlar ham bor. Quvonarli tomoni aksariyat o`qituvchilarda kasallik alomatlarsiz engil holda kechayotgani sababli, ularning ayrimlari o`zlari ham virusni boshidan kechirayotganidan bexabar bo`lgan.

Реклама на Unews

Kuni kecha Shayxontohur tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik Markazining ma`lumotiga asosan COVID-19 infeksiyasi aniqlangan o`qituvchilar faoliyat yuritayotgan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 40- va 262-sonli maktablar faoliyati ehtiyotkorlik hamda xavfsizlik maqsadida Mahalliy kengash qarori bilan vaqtincha to`xtatildi.  

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti mazkur virus 2 yilgacha chekinmasligini prognoz qilgan. Bugun har birimiz ushbu virus bilan yashashga, hech qanday havotirga tushmasdan hayot tarzimizni davom ettirishga o`rganishimiz lozim.  

Mahalliy kengash deputatlari tomonidan qabul qilingan maktablarni yopish yohud ochish to`g`risidagi qarorlar u yoki bu maktab jamoasi va maktab o`quvchilari, ya`ni bolajonlarimizning salomatligini o`ylab amalga oshiriladi. Shu bois o`qituvchilarimizdan ham ota-onalardan ham bunday holatlarda ortiqcha havotirga tushmaslik sanitariya-gigena qoidalariga rioya qilgan holda odatiy hayot tarzini davom ettirishlarini so`rab qolamiz.  

Реклама на Unews

Bunday holatlarda ota-onalardan talab qilinadigan asosiy narsa masofadan yaratib berilayotgan ta`lim imkoniyatlaridan foydalanib, farzandlari bilim olishini nazorat qilishdan iborat. Bu masalaga jiddiy yondoshishingizni iltimos qilamiz.

Karantinga olingan maktablar dezinfeksiya ishlari amalga oshirilganidan so`ng Mahalliy kengash deputatlari qarori bilan yana o`z faoliyatini tiklaydi.

Shu bilan birga bugungi kunda barcha hududlarda ochilmagan maktablar faoliyatini tiklash bo`yicha ham ishlar ketmoqda.  

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti  

topshirig`i bilan maktablarni ochilishi hamda yopilishi to`g`risidagi qarorni qabul qilish vakolati faqatgina Mahalliy kengash deputatlariga topshirilgan.

16 sentyabr holatiga respublikada  2 550 ta (25%) maktab o`z faoliyatini an`anaviy shaklda amalga oshirmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring