Yuqtirish oson! Koronavirusning yangi turi aniqlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Norvegiyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turi aniqlandi. Bu haqda Tronxeym munisipalitetining bosh shifokori Tuve Resstad "Verdens Gang" gazetasiga xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

16-18 oktyabr kunlari Trondxaym shahrida sakkiz nafar mahalliy aholida virusning yangi turi aniqlandi. "Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu virusning Sog‘liqni saqlash vazirligi ilgari Norvegiyada ko‘rmagan yangi variantidir", dedi Resstad.

Uning so‘zlariga ko‘ra, virus mutasiyasi qanday xususiyatlarga ega ekanligi hali ma’lum emas. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, Trondxaymda koronavirusga chalinish osonlashdi: buning uchun odamlar yaqin aloqada bo‘lishlari shart emas.

Реклама на Unews

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Norvegiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 16,5 mingga yaqin koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Mamlakatda 278 nafar bemor vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий