“Xuddi kompyuter o‘yini kabi” – Ukrainadagi An-26 halokatidan omon qolgan yagona odam voqea haqida gapirib berdi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ukraina harbiylarining «An-26» samolyoti 25-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:45 da (22:45 t.v.) Chuguyev shahri yaqinida o‘quv parvozi paytida qulab tushgani haqida xabar bergandik. Samolyot bortidagi 27 kishidan 25 nafari halok bo‘lgan, ikki nafari omon qolgandi. Keyinchalik, og‘ir jarohatlar oqibatida, ularning ham biri vafot etgan.

Ushbu halokatda omon qolgan yagona inson — Vyacheslav Zolochevskiy. Uning aytishicha, hammasi xuddi «kompyuter o‘yini»dagi kabi sodir bo‘lgan, bir muddat u hushini yo‘qotgan. O‘ziga kelgach esa, samolyot qoldiqlari orasidan chiqib olib, yonib yotganlardan birinchi o‘chirishga uringan.

Halok bo‘lganlardan birining onasi aytishicha, o‘g‘li so‘nggi marta halokatdan bir kun avval qo‘ng‘iroq qilib, samolyotning nosozligini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, samolyotning motorlari tez-tez buzilib turgan, yozmoqda «24 kanal».

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


3 комментарии

Написать комментарий
  1. 28-09-2020 Dondi

    Har bir parvoz olfidan samolyotni texnik ko'rikdan o'tkazish kerak, mana oddiy e'tiborsizlik qancha odamni hayotiga zomin bo'ldi... Hech narsa hech qachon o'zidan o'zi tuzalib qolmaydi... Hayot qonuni

    Ответить на этот комментарий
  2. 27-09-2020 Bek

    Buzuq boʻsa nimaga uchadi ahmoqlar

    Ответить на этот комментарий
    • 27-09-2020 Muhammad

      Alloh Taqdrga Yozb Qoygande Qutlb Bomidi Samoloti Sababci Qb Qoygan Unga Norozli Qb Bomidi Alloh Yozb Qoygani Boladi

Написать комментарий

просмотреть все комментарии