Fransiya Erdo‘g‘anning ruhan nosog‘lom degan so‘zlaridan so‘ng Turkiyadagi elchisini chaqirtirib oldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Parij Anqaradagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib oldi, deb xabar bermoqda "Lenta" nashri.

Parij yaqinida tarix o‘qituvchisi Samyuel Pati Abdulaxan Anzorov tomonidan o‘ldirilgach, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron mamlakatning dunyoviy qadriyatlarini radikal islomdan himoya qilishga va’da berdi. Shu bilan birga, Fransiya yetakchisi Islom dini butun dunyoda inqirozni boshidan kechirayotganini aytdi.

Uning aynan mana shu so‘zlari Turkiya prezidentining g‘azabini keltirdi. Erdo‘g‘an bunday so‘zlarni ruhan nosog‘lom odamgina gapirishi mumkinligini, Makron ruhiy davolanishga muhtojligini bildirdi.

Реклама на Unews

Turkiya prezidenti shuningdek, Yevropa «musulmonlarga qarshi front ochish» bilan o‘zini-o‘zi tamom qilayotganligini aytdi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий