Bugun O`zbekistonning ikki hududida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 29 aprelda kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-37° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli va issiq bo`ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 34-36° gacha isiydi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий