O‘zbekiston hukumati Yaponiyadan yana qancha qarz so'ragani ma'lum bo'ldi

O‘zbekiston hukumati Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)dan 200 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli qarz jalb qiladi. Ushbu mablag‘lar mamlakatda meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish loyihasini moliyalashtirish uchun sarflanadi.

Loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga kreditlar o‘zbek so‘mida taqdim etiladi. AQSh dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar respublika byudjeti hisobidan qoplanadi.

Kreditlar loyiha tashabbuskorlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring