COVID-19 qarshi vaksinani mutasiyaga moslashning imkoni bor

“Bugungi kungacha kuzatilgan COVID-19ning mutasiya jarayoni ishlab chiqarilayotgan vaksinaning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Mabodo bunday o‘zgarishlar kelajakda sodir bo‘lsa, unda vaksinani ham mutasiyaga moslash imkoniyati mavjud”, deya ta’kidladi Germaniyaning Robert Kox instituti bosh shifokori o‘rinbosari Lars Shaade, , deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

- Virus bilan sodir bo‘lgan har bir mutasiya vaksinaning samarasizligiga olib kelmaydi. COVID-19 mutasiyasi haqida ko‘p marotaba ma’lum qilindi. Biroq ularning hech biri virusning immunitetga nisbatan xavfini oshirmaydi, - dedi Shaade 7 may kuni o‘tkazilgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar jiddiy mutasiya sodir bo‘lgan taqdirda vaksina unga moslashtirilgan holda o‘zgartiriladi va bu ishni amalga oshirish tizimi shakllanib bo‘lingan. Bu masalada jiddiy muammolarga duch kelinmaydi.

Реклама на Unews

Aprel oyida dollar kursi nega keskin ko‘tarildi?

O‘zbekistonda ertaga yomg‘ir va kuchli shamol kutilmoqda

Prezident pandemiya xavfidan yana bir bor ogohlantirdi

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring