O`zbekistonda 1 million 5910 nafar kishi koronavirusga qarshi emlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ularning 63 foizi ZF-UZ-VAS2001, 35,5 foizi «Kovishild» va yana 2,5 foizi «Sputnik V» vaksinasini qabul qilgan. Bu haqda  AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan darakchi.uz muxbiri xabar berdi. 

Sanitariya-epidemiolik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Botir Qurbonov ma`lum qilishicha, mart va aprel oylarida O`zbekiston Xitoyning “Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” Co. Ltd. kompaniyasi tomonidan mamlakatimiz olimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAS2001 vaksinasidan ikki million doza xarid qilindi.  

COVAX dasturi asosida Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan 660 000 (olti yuz oltmish ming) doza “Kovishild” vaksinasi respublikamizga 2021 yilning mart oyida etkazib berilgan.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, N.F.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasini to`g`ridan-to`g`ri ishlab chiqaruvchidan umumiy miqdori 500 000 ta doza (ikki komponentli) xarid qilish bo`yicha shartnoma imzolangan va shundan mamlakatimizga 50 000 ta doza etkazib berilgan.  

Bugungi kungacha O`zbekistonda 1 million 5910 nafar shaxs ZF-UZ-VAS2001,  “Kovishild”  va “Sputnik V” vaksinalari bilan ixtiyoriy ravishda emlangan.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий