Rossiyada koronavirusga chalinganlar 700 mingdan oshdi

Rossiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq yangi 6562 ta holat qayd etilib, mamlakatda ushbu virusni yuqtirib olganlar 700 792 tani tashkil etmoqda,  deb yozmoqda  "Qalampir.uz" nashri.

Qayd etilishicha, o‘sish sur’ati 0,9 foiz darajasida saqlanib qolmoqda, bemorlarning 27,6 foizida alomatlar yo‘q. 

Yangi bemorlarning ko‘pi poytaxtda (621), Sankt-Peterburgda (295) va Xanti-Mansiysk avtonom okrugida (268) aniqlangan. 

Реклама на Unews

Shuningdek, kun davomida Sverdlovsk viloyatida 263, Irkutsk viloyatida 240, Nijniy Novgorod viloyatida 217 holat qayd etildi. 

Kecha, 7 iyul holatiga ko‘ra 6368 yangi bemor aniqlangan va vafot etganlar esa 198 nafarni tashkil etgan. Ayni vaqtda 700 792 bemordan  472 511 nafari sog‘aygan, 10 667 kishi vafot etgan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirib olganlar 11 million 838 384 nafarga yetgan. Ularning 6 million 458 490 nafari sog‘aygan, 544 414 nafari vafot etgan. Koronavirus avj olishi bo‘yicha AQSH, Braziliya va Hindiston birinchi o‘rinlarni egallamoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring