Saudiya Arabistonida sutka davomida koronavirus holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord qayd etildi

Saudiya Arabistonida sutka davomida koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi Twitter akkauntida xabar qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"Sutka davomida 3943ta koronavirus holati aniqlandi, jami kasallikka chalinganlar soni 186 436taga yetdi. Pandemiya boshlanganidan beri vafot etganlar 1599 nafarni tashkil etmoqda", - deyiladi xabarda.

Saudiya Arabistoni arab davlatlari orasida koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. 

Реклама на Unews

Avvalroq qirollik koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bois xorijliklar uchun bu yilgi haj ziyoratini bekor qilgandi.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Muhammad Solihning ma’lum qilishicha,  bu yilgi haj mavsumida 10 mingdan ortiq ziyoratchi qatnasha olishi mumkin.

«Haj-2020 mavsumida Makka va Madina shaharlari 10 mingdan ortiq ziyoratchini qabul qila oladi», degan vazir.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring