RFda koronavirusga chalingan 500 ga yaqin tibbiyot xodimi qurbon bo‘lgan

Rossiyada 500 nafarga yaqin tibbiyot xodimi COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqda Rossiyaning Sog‘liqni saqlash sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari Alla Samoylova ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“489 – bu tibbiyot xodimlari, ya’ni biz, afsuski, 500 ga hamkasbimizni yo‘qotdik”, degan Samoylova Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan Butunrossiya onlayn-konferensiyasida.

Ma’lumot uchun, Rossiyada 561 091 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 7 660 nafari vafot etgan va 313 963 nafari sog‘aygan. Bugungacha RFda 15 991 697 ta koronavirus testi o‘tkazilgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring