Tokioda jazirama tufayli odamlar shifoxonaga yotqizildi, ularning ayrimlarining ahvoli og‘ir

Seshanba kuni Tokioda issiq ob-havo tufayli 25 yoshdan 99 yoshgacha bo‘lgan 30 kishi shifoxonaga yotqizildi. Ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Tokio yong‘in zavfsizligi boshqarmasi kondisionerlardan foydalanishni, kuchli jismoniy yuklamalardan saqlanishni hamda ko‘proq suv ichishni tavsiya etadi. Mutaxassislar, shuningdek, odamlar orasida yetarlicha masofa bo‘lganda niqoblarni yechishni maslahat berishmoqda.

Chorshanba kuni Yaponiya poytaxtida termometr ustuni qariyb 31 darajagacha ko‘tarilgan. Xonsyu orolining shimoli-sharqida bundan ham issiqroq ob-havo — 33 daraja qayd etildi. Kunning oxiriga borib sinoptiklar havo harorati Tokioda 32, Fukusima, Yamagata, Naganoda 34-36 darajagacha ko‘tarilishini ma’lum qilishgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring