BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×
Ташкент booked.net
+21...+32° C
Самарканд booked.net
+19...+31° C

Oddiy smartfon yana 20 yildan keyin superkompyuterga aylanadi

2020-03-25 21:55 1020

Yana 20 yildan keyin zamonaviy superkompyuterlar imkoniyati oddiy smartfonlarda ham paydo bo‘ladi, dedi Intel kompaniyasi tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha bosh direktori Ivan Kuzmin RIA Novostiga bergan intervyusida.  Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

«Agar hisoblash imkoniyatlariga qaraydigan bo‘lsak, 1994 yilgi superkompyuterlarning imkoniyatlari hozirgi smartfonlar imkoniyatlari bilan tenglashadi. Agar kelajakka qaraydigan bo‘lsak, yana 20 yildan keyin bugungi superkompyuterlar bajaradigan ulkan miqdordagi murakkab vazifalarni oddiy smartfonlarda ham bajarish mumkin bo‘ladi», – deydi Kuzmin.

Uning fikricha, «agar bu aytganlarim amalga oshadigan bo‘lsa, matnlarni sinxron tarjima qila olamiz, odamlar bilan uning tilini bilmasak ham gaplasha olamiz, murakkab konstruksiyalarni modellashtiramiz va shu zahotiyoq ma’lumot olamiz». «Jahon ushbu yo‘nalishda harakat qilmoqda. Yaqin 10-20 yilda superkompyuterlar imkoniyatidan hamma foydalanishi mumkin bo‘ladi», – qo‘shimcha qildi u.

Kuzminning aniqlik kiritishicha, hozirgi kunda Aurora superkompyuterining bir soniyada bajarayotgan operasiyasini inson 31,7 trillion yilda bajargan bo‘lardi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Muhim xabarlar!:

Yangiliklar arxivi:

MonTueWedThuFriSatSun
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930

Yangiliklar rasmlarda