BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×
Ташкент booked.net
+21...+32° C
Самарканд booked.net
+19...+31° C

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishga bir kunda 5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi

2020-03-25 00:42 746

24-mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtab a’zosi Doniyor Alimov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga bir kunda 5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ilgani haqida ma’lumot berildi. Bu haqida "Daryo.uz" nashri xabar bermoqda.

Doniyor Alimov ushbu mablag‘lar qayerga ishlatilishi va sarf-xarajat mexanizmi qay darajada shaffof bo‘lishi haqida “Kun.uz”ga ma’lumot bergan.

“Pul o‘tkazganlar orasida 10 ming so‘m yo‘llagan fuqarolarimizdan tortib bir necha million so‘mgacha o‘tkazgan davlat va nodavlat tashkilotlar, tadbirkorlar bor. Yig‘ilgan bu mablag‘lar birinchi navbatda dori-darmon, tibbiy anjomlar, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena vositalari, kasallik profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot materiallariga ishlatiladi. Qurilishlar qilinyapti, qolaversa, o‘sha bemorlar, karantindagilar bilan bevosita ishlaydigan shifokorlarni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.

Bu mablag‘lar ishlatilishi bo‘yicha muntazam hisobotlar berib boriladi, sarf-xarajatlar ustidan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi”, – deydi Doniyor Alimov.

Ta’kidlanishicha, nomini oshkor qilishni istamagan birgina tashkilot fond hisob raqamiga 1 milliard so‘m mablag‘ o‘tkazib bergan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi, Umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati ham vaqtincha to‘xtatildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlar va respublika bo‘ylab poyezdlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatildi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Muhim xabarlar!:

Yangiliklar arxivi:

MonTueWedThuFriSatSun
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930

Yangiliklar rasmlarda