BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×
Ташкент booked.net
+21...+32° C
Самарканд booked.net
+19...+31° C

Donasi 2,1 mln $! Zolgensma – dunyodagi eng qimmat dori nimani davolaydi?

2019-05-28 03:25 3082

Shveysariyaning "Novartis" farmatsevtika kompaniyasi dunyodagi eng qimmat dorini ishlab chiqardi. Zolgensma deb ataluvchi bu dori umurtqa mushagi atrofiyasi deb ataladigan tug'ma irsiy kasallikni davolaydi.

Umurtqa mushagi atrofiyasi bilan tug‘ilgan bolalarni ilk haftadayoq gen terapiyasi bilan davolaydigan ushbu dori 2 125 000 AQSh dollari turadi. Kompaniyaning aytishicha, bugungi kungacha 150 bemor klinik sinovlar va turli dasturlar orqali ushbu dorini qabul qilgan. Lekin ulardan faqat 21 tasining natijasi e'lon qilinagan. Ulardan 19 tasi boshini qimirlata boshlagan va o'tira olmoqda. 1 bemorni esa saqlab qolish imkoni bo'lmagan, yana 1 bemor esa tajribadan voz kechgan. 

Keyingi yillarda turli irsiy kasalliklarni davolashda gen terapiyasi metodlariga e’tibor kuchaymoqda. Gen terapiyasi orqali kasallikka sabab bo‘luvchi gen o‘rniga hujayraga uning o‘rnini bosuvchi gen kiritiladi yoki kasal gen “o‘chirib qo‘yiladi”. Gen terapiyasi o‘ta og‘ir, tuzalishi deyarli imkonsiz kasalliklarni, deylik, gemofiliya, leykemiyani davolash uchun yangicha usul sifatida taklif qilinsa-da, ammo yetarlicha ommalashmagan.

Muhim xabarlar!:

Yangiliklar arxivi:

MonTueWedThuFriSatSun
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930

Yangiliklar rasmlarda