Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondi “Nafas ol, O‘zbekiston!” loyihasini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turmush o‘rtog‘i – O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondi “Nafas ol, O‘zbekiston!” aksiyasini qo‘llab-quvvatladi va COVID-19 tashxisi bor bemorlarni davolash uchun tibbiyot anjomlari va kislorod konsentratorlarini 29 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lgan davrda yetkazib berdi. 

Fond 1035 ta kislorod konsentratorlari, 6060 ta burun kanulalari, 1010 ta havo filtrlari, 1010 ta pulsoksimetrlari, tibbiy niqoblar va himoya vositalari O‘zbekistonning barcha viloyatlari tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. 

“Ulardan 132 ta kislorod konsentratorlari Muruvvat va sahovat uylariga o‘rnatildi, 55 tasi “Xizmat beminnat” ko‘ngillilar harakatiga foydalanishga topshirildi. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida har bir kislorod konsentratori fond logotipi va maxsus raqam bilan belgilangan”, deyiladi fond xabarida.

Реклама на Unews

Fond loyihani amalga oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, “Xizmat beminnat” ko‘ngillilar harakati, “Uzbekistan Airways” AJ, “My Freighter” MCHJga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, “Zamin” fondi Vasiylik kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turmush o‘rtog‘i – O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva raislik qiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring