Yettita hududda 200 ga yaqin koronavirus holati qayd etildi: bir kishi vafot etdi

2020-yil 26-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 660 (+198) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 112 nafari Toshkent shahrida, 29 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Jizzax viloyatida, 12 nafari Samarqand viloyatida hamda 3 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Ayni paytda yurtimizda 50 954 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 255 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring