Xiaomi tezkor simsiz quvvatlagichini namoyish etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 80 vatt quvvatga ega simsiz quvvatlagichini taqdim etdi. Kompaniya quvvatlagich qanday ishlashini o‘zining YouTube kanalida namoyish etgan,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri. 

U bozordagi eng yuqori quvvatli simsiz quvvatlagich maqomini olish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Taqqoslash uchun, Xiaomi Mi 10 Ultra smartfoni “havo orqali” 50 vattli, yaqinda taqdim etilgan iPhone 12 esa 15 vattli quvvatlashni olishi mumkin.

Xiaomi quvvatlagichi sig‘imi 4000 mAS bo‘lgan akkumulator quvvatini 1 daqiqada 10, 8 daqiqada 50 va 19 daqiqada 100 foizga yetkaza oladi.

Kompaniya bunday shiddatda quvvatlana oladigan smartfonlar qachon savdoga chiqarilishi to‘g‘risida ma’lum qilmagan. Katta ehtimol bilan bu Xiaomi Mi 11 smartfoni bo‘ladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring