TIV Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti e’lon qilindideb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Qayd etilishicha, respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan o‘z Vataniga olib kelish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda, temir yo‘l va charter reyslari amalga oshirilmoqda.

21-sentyabr kuni 2641 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib kelish uchun Moskva shahridan 6 ta, Sankt-Peterburg shahridan 3 ta, Rostov-Don shahridan 1 ta va Turkiyadan 2 ta charter reyslari amalga oshirildi.  Shuningdek, 253 nafar hamyurtimiz «Uzbekistan Airways» AJning «Toshkent – Minsk – Toshkent» va «Toshkent – Bishkek – Toshkent» yo‘nalishlaridagi hamda «Asiana Airlines»ning «Seul – Toshkent – Seul» yo‘nalishidagi muntazam reyslar orqali Vatanga qaytdi.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, 21 sentyabrda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning poyezdlarida 2538 nafar hamyurtlarimiz Novosibirsk, Rostov-Don va Samara shaharlaridan O‘zbekistonga yetib kelishdi.

Shuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to‘planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sog‘lig‘i xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarlidir.

Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlarimizdan poyezd stansiyalarida to‘planmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘raymiz, – deyiladi axborotda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring