Tasodifiy xato kanadalikni millionerga aylantirdi

Ikkita bir xil lotereya chiptasini sotib olgan Kanada fuqarosi 3,8 million AQSH dollari yutib oldi.
Omadli chipta(lar) sohibi — Alberta viloyatida yashovchi Endryu Byork ismli kishi. Mashinasini yonilg‘i quyish shoxobchasida to‘ldirgan bu erkak qaytimiga lotereya sotib olgan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Byork shoshilinchda xato qilganini uyiga qaytgach angladi: har xil kombinatsiyali ikkita chipta o‘rniga ikkita bir xilini sotib olibdi.
Ammo parvo qilmay lotereyalarni bir chetga olib qo‘yadi. Lotereya o‘ynalgan kuni, omadni qarangki, uning raqamlariga jekpot chiqdi. Eng qizig‘i, har ikki lotereyasi ham yutuqli.

Ushbu lotereya nizomiga ko‘ra, pul mukofoti, agar da’vogarlar bir necha nafar bo‘lsa, o‘zaro bo‘linadi. Ammo Endryuning yakka o‘zida ikkita jekpotli chipta. Shuning uchun unga har biri 2,5 million Kanada dollarilik sertifikat berildi, umumiy hisoblaganda, 3,8 million AQSH dollaridan oshadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring