Shodmonov 1 chi noyabrdan qat'iy karantin boshlanishini e'lon qildi(mi?), izoh...

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana jiddiylashayotgani va mamlakatda yana kuchaytirilgan karantin joriy etilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bugun, 25 oktyabr kuni Telegram messenjerida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov surati bilan xabarlar tarqatilmoqda. Ularda vazir nomidan iqtibos keltirilib, 1 noyabrdan mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq kuchaytirilgan karantin cheklovlari joriy etilishi aytiladi. 

Mazkur holat bo‘iycha QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev bilan bog‘landi. Mas’ulning qayd etishicha, tarqatilayotgan xabarlar haqiqatdan yiroq. 

Реклама на Unews

“Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 1 noyabridan karantin choralari kuchaytirilishi haqida asossiz axborotlar tarqalmoqda. Eslatib o‘tamiz, bu kabi yolg‘on xabarlar orqali aholi orasida vahima qo‘zg‘ashga urinishlarga tegishli tartibda javobgarlik ko‘zda tutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin cheklovlari joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va rasmiy axborot beriladi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring