Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarning namoyish kunini rasman aytgan. Biz esa Galaxy Note 20 Ultra ishlatib, xususiyatlari tushuntirib ko‘rsatilgan videoni ham ulashganmiz.

Xabaringiz borki, janubiy koreyalik korporatsiya o‘zining flagmanlarini, qaysi hudud bozorida sotilishiga qarab, ikki xil protsessor bilan chiqaradi. Bulardan biri Qualcomm kompaniyasining tegishli vaqtdagi eng kuchli chipseti bo‘lsa, ikkinchisi – Samsung o‘zi ishlab chiqarayotgan Exynos platformalaridir.


Masalan, Galaxy S20 turkumi vakillarida Snapdragon 865 hamda Exynos 990 protsessorlari qo‘llangan. Amerikalik chipsoz kuni kecha yangi flagmani – Snapdragon 865+ chipsetini taqdim qildi. Samsung endi fabletlarida uni qo‘llashi kutilmoqda, ammo o‘zi Exynos 990 o‘rniga yangi, kuchli protsessor chiqargani yo‘q.

Реклама на Unews


Taniqli insayder Maks Vaynbax (Max Weinbach) ham shuni ta’kidlamoqda: uning qo‘lidagi One UI 2.5 proshivkalarida Snapdragon 865+’dan boshqa biror yangi chipset haqida m’lumot yo‘q.


Bu degani – ayrim mamlakatlar bozorlariga mo‘ljallangan Galaxy Note 20 smartfonlari o‘sha eski Exynos 990 chipseti bazasida ishlaydigan bo‘ladi! Tabiiyki, bu potensial xaridorlarning hafsalasini pir qiladi; zero, Exynos 990 samaradorlik va boshqa jihatlar bo‘yicha hattoki hozirgi flagmanlarda ishlatilayotgan Snapdragon 865’ning o‘zidan ham ancha orqada. Buni avvalroq AnTuTu jamoasi e’lon qilgan protsessorlar reytingi ham yaqqol ko‘rsatib bergan.


Shu yilning bahorida janubiy koreyaliklar Exynos 992 chipsetini tayyorlayotgani haqida xabarlar chiqqandi, lekin ular rasmiy tasdig‘ini topganicha yo‘q.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


3 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 05-08-2022 JikaWeept

    sildenafil 20 mg online canada <a href="https://tabviagrleo.com/ ">viagra prescription cost canada</a> viagra soft tablets

    Javob yozish
  2. 03-08-2022 ArfvjDiach

    cialis sample pack <a href="https://tadalaflabc.com/ ">original cialis com</a> cheap cialis 5mg

    Javob yozish
  3. 03-08-2022 NexzWeept

    how does cialis help bph <a href="https://cialpriceus.com/ ">tadalafil troche</a> where can i buy cialis in canada

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish