Samarqand viloyatining ikkita tumanida er sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro J.M. tanishiga qarashli “R.” fermer xo`jaligining 15 sotix er maydonini fuqaro K.ga ajratib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Bulung`ur tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.M. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga “M.” fermer xo`jaligiga qarashli er maydonidan 25 sotixini 35 mln so`m evaziga tanishlari orqali olib berishga va`da berib, oldindan 10 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari  bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring