Sal avval Zangiotada bir necha daqiqa farqi bilan qo`shni bo`lgan uchta uyda ketma-ket yong`in sodir bo`ldi

Toshkent viloyatidagi uchta xonadonda sodir bo`lgan yong`in bartaraf etildi deya, xabar bermoqda FVV.

Hodisa bugun, 20 oktyabr kuni Zangiota tumanida joylashgan «Aloqa» MFY hududida sodir bo`lgan. Soat 07:19 da bir necha daqiqa farqi bilan qo`shni bo`lgan uchta uyda ketma-ket yong`in sodir bo`lgan. 

Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari etib kelgan. Soat 08:05 da yong`in o`rab olingan bo`lsa, 08:33 da uni to`liq bartaraf qilishga erishildi. Yong`in hodisasi uylarning 400 kv. m. qismiga zarar etkazgan. Yong`in oqibatida jabrlangan va halok bo`lgan fuqarolar aniqlanmagan, deyiladi xabarda. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring