Qo`qonda ayollar “TRECKER” avtomashinasini olib qochdi

Qo`qon shahrida  19 sentyabr kuni M.V. va D.T. ismli ayol bir guruh bo`lib, A.Navoiy mavzesi 62-sonli ko`p qavatli uy oldidan M.A.ga tegishli “TRECKER” rusumli avtomashinasini olib qochib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tadbirlar davomidi Qo`qon shahar, A.Navoiy mavzesi 90-sonli ko`p qavatli uylar yonidan avtomashina soz xolda davlat raqamlari avtomashina yukxonasidan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, M.V.ga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring