Qonun imzolandi: O‘zbekistonga o‘simlik yog‘ini olib kirish QQSdan ozod qilinadi

Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-689, 29.04.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, 2021 yil maydan 31 dekabrgacha quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

-O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;

-o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.

Qonunga muvofiq, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha:

ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritiladi;

tadbirkorlarga o‘zlari tomonidan import qilingan kungaboqar yog‘i va kungaboqar urug‘larini qayta ishlash natijasida olingan o‘simlik yog‘ining (TIF TN bo‘yicha kodi 1512 11 – 1512 19) 50 foizidan oshmagan qismini eksport qilishga ruxsat beriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring