Qirg‘izistondagi tartibsizliklar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi eksportiga qanday ta’sir o‘tkazyapti

5 oktyabr, dushanba kuni boshlangan Qirg‘izistondagi tartibsizliklar Markaziy Osiyo meva-sabzavot biznesiga jiddiy zarar yetkazyapti. EastFruit portali ushbu zarar ko‘lami va miqdori haqida tahliliy maqola yozdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ma’lumki, Qirg‘iziston 2015 yildan beri YeOII a’zosi. Ushbu davrdan boshlab Qirg‘iziston, Qozog‘iston singari o‘zbek va tojik eksportyorlari uchun YeOII mamlakatlari bozoriga kirish nuqtasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu sababli, Qirg‘izistondagi logistika bilan bog‘liq har qanday buzilish darhol butun mintaqa narxlariga ta’sir qiladi. Hozir Tojikiston va O‘zbekistondan uzum va xurmo eksportining yuqori mavsumi boshlandi. Piyoz eksporti mavsumi ham davom etmoqda. Meva-sabzavot savdosi ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, tovar aylanmasining bir qismi Tojikistondan Rossiyaga qarab Qirg‘iziston va Qozog‘iston orqali aylanma yo‘llar bilan o‘tgan.

Реклама на Unews

2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon, tranzit va tovarlarni eksport qilish ancha qiyinlashdi, eksportchilar yangi sharoitlarga moslashib, mahsulot yetkazib berish yo‘lini topdilar. Biroq, Qirg‘izistonda tartibsizliklar boshlanganidan buyon ushbu mamlakat chegarasi mahsulot yetkazib berish uchun to‘liq yopiq bo‘lib, mamlakatning bojxona xizmatlari, savdo kompaniyalari fikriga ko‘ra, hatto tranzit transporti bilan ham shug‘ullanmagan. Bundan tashqari, Qirg‘iziston Milliy bankining tavsiyasiga binoan tijorat banklari bir necha kun ishlamadi, bu esa savdoni to‘sib qo‘ydi.

Shu sababli, Tojikistondan sabzavot va mevalarni eksport qilish yangi yo‘nalishlarni, shu jumladan, O‘zbekiston orqali topishga majbur. Biroq, bu juda qiyin, chunki chegarada haydovchilar PSR sinovlaridan o‘tishlari va natijalarini kutishlari kerak, bu esa transport xarajatlarini va yo‘l davomida mahsulotlarning buzilish xavfini keskin oshiradi.

Tabiiyki, bunday sharoitda uzum va xurmo kabi eksport tovarlari narxi Tojikistonda o‘sishi ehtimoldan yiroq emas, chunki ko‘proq mahsulot ichki bozorga ketadi. Boshqa tomondan, olma qimmatlashishi mumkin, chunki Tojikiston Qirg‘izistondan ichki iste’mol uchun olma sotib oladi.

Реклама на Unews

O‘zbekistonda qarama-qarshi tendensiyalar kuzatilmoqda. Qirg‘izistondan va Qirg‘iziston orqali mahsulot yetkazib berishdagi qiyinchiliklar fonida o‘zbek uzumiga talab tobora ortib bormoqda va shu bilan birga narxlar ham. Xuddi shu tarzda, piyoz narxi sezilarli darajada oshdi. Biroq, bu yerda sabablar umuman boshqacha, chunki Rossiyada piyoz O‘zbekistonnikiga qaraganda arzonroq va Rossiya bozorida uning narxi pasaymoqda. O‘zbekistonda omborxonalar mavjudligi sababli ko‘plab tadbirkorlar qishda qayta sotish uchun piyozni yuqori narxda sotib olishadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring