Pensiya tayinlashda talab qilinadigan hujjat turlari qisqardi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan fuqarolardan 28 turdagi ma’lumotnomani talab etish taqiqlangan. Bu haqda "Huquqiy axborot" eslatib o‘tdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri. 

Jumladan, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan quyidagi 6 turdagi hujjatlar talab qilinmaydi.

  • Turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma;
    - Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
    - Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
    - Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
    - Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
    - Dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring