Pandemiya sharoitida iqtisodiyoti tiklanayotgan yagona mamlakat

Koronainqiroz sharoitida iqtisodiyoti tiklanishda davom etayotgan yagona mamlakat — Xitoy. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti uchinchi chorakda, o‘tgan yilga solishtirganda, 4,9 foizga o‘sgan. Bu fakt va raqamlarni «Bloomberg» ma’lum qildi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Agentlik xabarida aytiladiki, Xitoyda ham chakana savdo, ham sanoat ishlab chiqarishi sentyabrda o‘sishda davom etgan, bu tiklanish reja bo‘yicha ketayotganidan dalolat.

«Xitoy mo‘’jizasi»ning siri nimada? Javobi oddiy: Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi o‘z vaqtida va qat’iy choralar ko‘ra oldi.

Реклама на Unews

«Bu butun dunyo uchun umidbaxsh chorlov bo‘lishi lozim. Agarda siz sog‘liqni saqlash sohasidagi inqirozingizni bartaraf eta olsangiz, iqtisodiyotingizni ham tiklay olasiz», — dedi Singapurdagi «Nomura Holdings Inc.» kompaniyasi global makrotadqiqotlar bo‘limi rahbari Rob Subbaraman.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring