O`zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi bo`lgan Rahim Rajabov vafot etgani haqidagi xabar rad etildi

Avvalroq «Uz24» uning vafot etgani haqida xabar qilgandi. Keyingi ma`lumotga ko`ra bu xabar tasdiqlanmadi va «Uz24» Rahim Rajabovning oila a`zolaridan uzr so`radi.

«Tahririyat xatosi ortidan noto`g`ri ma`lumot berilganidan afsusda. Buning uchun Rahim Rajabovning yaqinlaridan uzr so`ragan holda, uning tezroq sog`ayib ketishini tilab qoladi», — deyiladi xabarda.

Rahim Rajabovning yaqinlari so`zlariga ko`ra, u betob bo`lib, ahvoli bir oz og`irlashgan. Hozirda uning holati yaxshi, uyida davolanmoqda.

Реклама на Unews

Ma`lumot uchun, Rahim Rajabov «Uzbekselmash» va Toshkent ekskavator zavodida rahbar lavozimida ishlagan, sobiq SSSRning birinchi kompyuteri ishlab chiqarilgan «Algoritm» zavodini loyihalash va qurilish ishlariga boshchilik qilgan va uni boshqargan.

Shuningdek, 1990 yildan 1997 yilgacha Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari, Davlat kotibi va bosh vazir o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Реклама на Unews

Foto: «Uz24»

Ma`lumot o`rnida, O`zbekistonda davlat kotibi lavozimi 1992 yil bekor qilingan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring