O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar va qurbonlar soni oshdi

2020 yil 20 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 831 (+94) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Bugun ayni paytga qadar: 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar, 
— Andijon viloyatida 12 nafar, 
— Jizzax viloyatida 13 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 21 nafar, 
— Navoiy viloyatida 3 nafar, 
— Namangan viloyatida 16 nafar, 
— Samarqand viloyatida 13 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 14 nafar, 
— Surxondaryo viloyatida 10 nafar, 
— Farg‘ona viloyatida 7 nafar, 
— Xorazm viloyatida 4 nafar, 
— Toshkent shahrida 75 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytda yurtimizda 60 910 nafar (+193) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 387 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Реклама на Unews

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring