Oʻzbekistonda koronavirus: 20 oktyabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 224 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 63 831 nafarni tashkil qilmoqda.

  Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 224 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 63 831  nafarni tashkil qilmoqda.

Реклама на Unews

Yangi kasallanish holatlarining: 89 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 193 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 60 910 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 387 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Реклама на Unews

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 534 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Chegarada toʻplangan migrantlar

Rossiya va Qozogʻistonning Astraxan viloyatidagi chegarasida 250 nafarga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari 130 ta avtomobillarda toʻplandi.

Astraxan viloyati hukumati raisi Aleksandr Sharikin Rossiya va Qozogʻiston chegarasida Krasnoyarsk tumanidagi “Karaozek” oʻtkazish punkti hududida migrantlarning toʻplanishi munosabati bilan federal, viloyat, munitsipial organ va oʻzbek diasporasi vakillari bilan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda batafsil.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 40,6 milliondan oshdi, 1,1 million ortiq kishi vafot etdi, 30,4 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (8,5 mln), Hindistonda (7,6 mln), Braziliyada (5,3 mln).

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring