Mutaxassis koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilish kerakligini aytdi

So`nggi paytlarda aholi orasida: "Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilish kerak?" degan savol tug`ilmoda. Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Odilova ishtirokida o`tkazilgan brifingda ana shu savolga javob berildi. 

"Kasal bo`lmaslik uchun uning oldini olish, ya`ni profilaktika zarur. Birinchi navbatda, immunitetning yuqori bo`lishiga erishish, buning uchun organizmni chiniqtirish, gigienik qoidalarga va sog`lom turmush tarziga rioya qilish (to`g`ri ovqatlanish tamoyiliga amal qilish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, ruhiy xotirjamlikka erishish) zarur", - deydi Barno Odilova.

Mutaxassis, to`g`ri ovqatlanish tartibini ham aytib o`tdi:

Реклама на Unews

kuniga kamida 4-5 mahal ovqat iste`mol qilish, tarkibida yog`, tuz, shakar miqdori ko`p bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlardan tiyilish, kuchli gazlangan rangli hamda energetik ichimliklardan voz kechish, kuniga 400 gr. dan kam bo`lmagan miqdorda xom holdagi meva va sabzavotlarni iste`mol qilish, ovqatning bir xilda bo`lishidan cheklanib, rasionga go`sht mahsulotlari bilan bir qatorda albatta sut va qatiq mahsulotlari, dukkakliklar, ko`katlarni qo`shib iste`mol qilish zarur. Shuningdek, gripp mavsumida piyoz, chesnok va limonning ham alohida o`rni borligini unutmaslik kerak.

Shuningdek, odamlar ko`p to`planadigan joylardan cheklanish, ko`chaga chiqqanda himoya vositalaridan to`g`ri va to`liq foydalanish talab etilishi eslatib o`tildi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring