Maktablarni tezkor internetga ulash bo`yicha birinchi marta byudjetdan 100 milliard so`m ajratilmoqda

Avval xabar berganimizdeK, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yilga mo`ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Unda pandemiya sharoitida ijtimoiy sohaga ajratiladigan xarajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15 foizga oshirilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi. Jumladan, keyingi yilda maktabgacha ta`lim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda xususiy sektor ulushini 25 foizga etkazish maqsad qilingan.  

Xalq ta`lim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash bo`yicha birinchi marta byudjetdan 100 milliard so`m, jihozlashga 200 milliard so`m yo`naltirish nazarda tutilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring