Koronavirus: Hindistonda bugungi fojiali holatga nimalar sabab bo‘lgani aytildi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonda koronavirusning keng ko‘lamda tarqalishiga nima sabab bo‘lganini aytdi. Bu ommaviy yig‘ilishlar, emlashning past darajasi va virusning ko‘proq yuqumli turlari tarqalishidir.

JSST vakili Tariq Yasharevichning so‘zlariga ko‘ra, virusning yuqumli varianti mamlakatda epidemiyaning yagona sababi emas.

Qayd etilishicha, Hindiston sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shimcha yuk tushgan, chunki odamlar uyda davolanishi mumkinligiga qaramay vahima ichida kasalxonalarga yuborilgan.

Реклама на Unews

Hindistonda B1617 virusining ikkita mutasiyaga uchragan varianti aylanmoqda. Bu yuqumli deb hisoblanadi.

So‘nggi bir necha hafta ichida Hindistonda koronavirusni yuqtirish va o‘lim rekord darajaga chiqdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi ishdan chiqqan, kasalxonalar va krematoriyalarda joylar yetishmayapti.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda COVID-19 deyarli 18 million odamda aniqlangan, 200 mingdan ortiq kishi vafot etgan, ammo OAV haqiqiy raqamlar rasmiylardan ancha yuqori ekanligini xabar qilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring