Farmon imzolandi: maktablarda ona tili fani dars soatlari ko`paytiriladi

Shavkat Mirziyoev «Mamlakatimizda o`zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonni imzoladi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Farmonga muvofiq, 2020–2030 yillarda o`zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo`nalishlari tasdiqlandi.

Shuningdek Fаrmonga ko`ra:

Реклама на Unews

- 2025 yilga qadar davlat maktabgacha ta`lim tizimida o`zbek tilli guruhlar qamrovi 72 foizga, 2030 yilgacha esa 80 foizga etkaziladi;

- 2030 yilga qadar umumta`lim maktablarida o`quv yillari uchun tayanch o`quv rejalarida ona tili fanini o`qitish ko`lami amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshiriladi;

- oliy ta`lim muassasalarida o`zbek tili kafedralari soni 2025 yilga qadar 120 taga, 2030 yilgacha esa 140 taga etkaziladi;

Реклама на Unews

- lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosida “O`zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etish bosqichma-bosqich ko`paytirib boriladi;

- 2020 yilda o`zbek tilining lug`at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug`atlar yaratiladi;

- teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o`zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o`qitish tizimi joriy etiladi va qamrov 2030 yilgacha 100 foizga etkaziladi;

- 2025 yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalari ishlab chiqiladi va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqiladi, 2030 yilgacha esa ushbu ko`rsatkich 25 taga etkaziladi;

- dasturiy mahsulotlarning o`zbekcha ilovalari va elektron lug`at dasturlari yaratiladi;

- xorijliklar uchun o`zbek tilini o`rgatuvchi dasturlar yaratiladi;

- 2030 yilga qadar xorijiy oliy ta`lim muassasalarida o`zbek tilini o`rgatuvchi markazlar soni amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko`paytiriladi;

  • 2025 yilga qadar “O`zbek tilining do`stlari” klublari soni 30 taga, 2030 yilgacha esa 40 taga etkaziladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring